Jahon | 19:45 / 24.04.2017
7654
2 daqiqa o‘qiladi

Olland Le Pen saylovning ikkinchi turiga o‘tganidan xavfsiramoqda

Fransiyaning amaldagi prezidenti Fransua Olland prezidentlik saylovlarining birinchi turi natijalari bo‘yicha fikrlarini bildirib o‘tdi.

Saylovdan keyingi kunda maxsus chiqish qilgan prezidentning fikricha, «Milliy front» partiyasi rahbari Marin Le Pen ikkinchi turga o‘tgani Fransiya uchun «xavf tug‘diradi». 

23 aprel kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda Makron 23,75 foiz, Le Pen 21,53 foiz ovoz to‘pladi. Shu tariqa ular 7 mayda prezidentlik kursisini egallash uchun o‘zaro kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.

Prezidentning fikricha, o‘ta o‘ng kuchlar «Fransiyani terror tahdidlari qarshisida bo‘lib yuborgan va fuqarolarning erkinliklarini tahdid ostida qoldirgan».

«Ikkinchi turda o‘ta o‘ng kuchlarning bo‘lishi jiddiy xavf va bu xavfga tayyorlanish, to‘g‘ri tanlovni amalga oshirish kerak.

Agar Marin Le Pen prezidentlikka saylanib, o‘z dasturini hayotga tatbiq etadigan bo‘lsa, fransuzlarning hayoti og‘irlashadi», — degan prezident.

U 7 may kuni o‘tkaziladigan ikkinchi turda «Marshda» harakati yetakchisi Emmanuel Makron uchun ovoz berishini ma'lum qilgan.

 

Emmanyuel Makron qadriyatlarimizni himoya qila oladi va og‘ir davrda fransuzlarni birlashtira oladi. Men unga ovoz beraman», — degan Olland.

Mavzuga oid