Sport | 19:35 / 25.04.2017
6209
1 daqiqa o‘qiladi

Simeone «Inter»dan o‘zi xohlagan maoshni so‘rashi mumkin

«Inter» rahbariyati «Atletiko» Madrid bosh murabbiyi Diyego Simeoneni jamoaga taklif qilish istagidan qaytishgani yo‘q. Avvalroq Simeone yana bir mavsum Madridda qolmoqchi ekanini aytgan edi, biroq milanliklar argentinalik mutaxassisni joriy mavsum jamoaga taklif qilishni xohlashmoqda.

Corriere dello Sport bergan ma'lumotga ko‘ra, «Inter» Diyeogo Simeonega o‘zi xohlagan maoshni aytish taklifini bergan. Shartnoma 4 yil muddatga tuzilishi kerak.

Agarda 46 yoshli mutaxassis bilan kelisha olmasa, «Inter» 2016/17 yilgi mavsum so‘ngida shartnomasi tugaydigan «Roma» bosh murabbiyi Luchano Spallettini taklif qilishi mumkin. 

Mavzuga oid