Sport | 12:31 / 26.04.2017
46977
1 daqiqa o‘qiladi

«Paxtakor» rahbariyatida o‘zgarish bo‘lgani tasdiqlandi

«Paxtakor» klubi rahbariyatida o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Bugun «Paxtakor» futbol klubida rahbariyati tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Klub prezidenti, Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov tomonidan klub rahbariyatida bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi», deyiladi klub bayonotida.

Unga ko‘ra, «Paxtakor» klubi vitse-prezidenti etib O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi vitse-prezidenti Bobur Qobulovich Shodiyev tayinlangan.

Klub bosh direktori lavozimiga O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti Ahmadjonov Umid Mahamatdjanovich tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq jamoa aksiyalarini rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov sotib olgani va aynan u klub direktori lavozimiga Umid Ahmadjonov tayinlagani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq klub rasmiy tvitteri keyinroq bu xabarni inkor qilib chiqqandi.

Mavzuga oid