Xodorkovskiyning tashkiloti ofislarida tintuvlar o‘tkazildi
Rossiyalik muxolifatchi Mixail Xodorkovskiy asos solgan "Otkrytaya Rossiya" shtabida tintuv boshlandi, deb ma'lum qildi tashkilot jamoasining tvitter-akkauntida harakat koordinatori Mariya Baronova. "Roppa-rosa 16:00da ofisga 15 nafar OMONchi keldi, men bu payt ko‘chada turgandim. Ular bilan birga tasvirga oluvchi qurilmalari bo‘lgan bir necha politsiyachi, guvohlar bor edi. Ular hech qanday orderlar taqdim qilishmadi, qo‘riqchilar ularni 5-qavatga o‘tkazib yuborishdi", deb aytgan Baronova.
Tintuvlar o‘tkazilgani holatini tashkilot asoschisi Mixail Xodorkovskiy ham tvitterda tasdiqlagan.
Tashkilotning xabar berishicha, tintuvlar sabablari hozircha aytilmagan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tashkilotning ofisda qolgan xodimlarini telefonlardan foydalanmaslikka chaqirishgan.
TASS axborot agentligidagi manba tashkilotning moliyaviy faoliyatiga tegishli hujjatlar va elektron axborot tashuvchilar tortib olinayotganini ma'lum qilgan.
26 aprelda Rossiya bosh prokuraturasi "Otkrytaya Rossiya"ni nomaqbul tashkilot deb atagandi. Prokuraturaning fikricha, harakat "Rossiyadagi saylovlar natijalarini obro‘sizlantirish maqsadida maxsus dasturlar va loyihalarni" amalga oshiradi. Shuningdek, tashkilot norozilik namoyishlari tashkillashtiradi va ichki siyosiy vaziyatni beqarorlashtiradi.
Harakat 29 aprelda hukumat bilan kelishilmagan aksiyani o‘tkazishni rejalashtirgandi. "Nadoyel" (Jonga tegding) deb nomlangan bu aksiya tashkilotchilari meriya tomonidan taklif qilingan muqobil yo‘nalishdan bosh tortganlar.
Kremlda kelishilmagan namoyishni o‘tkazishga urinish noqonuniy faoliyatga chorlash deb ataldi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov "bunday faoliyat hukumatning qonun doirasida munosabat bildirishiga olib kelishini" aytgan.
Mavzuga oid
18:14 / 11.12.2024
Konstitutsiyaviy sud prokurorlarning ikkita vakolatini bekor qilishga chaqirdi
08:40 / 27.09.2024
Xodorkovskiy «FBK»ni sudga bermaslikka qaror qildi
10:05 / 25.06.2024
Sud Xodorkovskiy va Lebedevning pullarini musodara etish haqida qaror chiqardi
10:34 / 21.05.2024