Fan-texnika | 22:38 / 30.04.2017
7867
2 daqiqa o‘qiladi

McAfee kompaniyasi "haqiqatda himoyalangan" ilk smartfon yaratganini ma'lum qildi

Foto: newsyou.info

Antivirus dasturlari ishlab chiqaruvchi McAfee kompaniyasi asoschisi Jon Makafi John McAfee Privacy Phone deb nomlangan "ayg‘oqchilikka qarshi" smartfon prototipini taqdim qildi. Yangi smartfon akkumulyator batareyasi, Wi-Fi va Bluetooth antennalari, geolokatsiya, mikrofon va kamerani dastur orqali emas, balki jismonan o‘chirishga imkon beruvchi pereklyuchatellar bilan jihozlangan.  

Joriy haftada Makafi kompaniyasi "haqiqatda himoyalangan ilk smartfonni" yaratayotgani ma'lum bo‘lgandi. Ma'lum qilinishicha, pereklyuchatellar smartfonning orqa qopqog‘ida joylashadi.    

Bundan tashqari, telefon qidiruv tizimining anonimayzeri va himoyalangan mobil qurilmaning bir qator boshqa dasturiy ustunliklari bilan ta'minlanadi. Makafining aytishicha, yangi smartfon xavfsizlik borasida Blackphone va boshqa telefonlarni "yorug‘lik yillariga" ortda qoldiradi.

Qurilmaning texnik ko‘rsatkichlari hozircha noma'lum. Shunisi ma'lumki, yangi smartfon bu turdagi qurilmaning birinchi versiyasi bo‘lib, 2018 yilda uning yanada kuchliroq himoyalangan ikkinchi versiyasi paydo bo‘ladi. 

Ma'lum qilinishicha, yangi smartfon yil oxirida 1100 dollardan sotuvga chiqariladi.

Mavzuga oid