Jahon | 08:46 / 02.05.2017
7267
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning Portlend shahrida tartibsizliklar yuz berdi

Foto: AP

AQShning Portlend shahrida (Oregon shtati) 1 may namoyishlari vaqtida tartibsizliklar yuz berdi. Qoidabuzarlar politsiya mashinasiga o‘t qo‘yishgan, politsiyachilarga toshlar, tutun shashkalari va "Molotov kokteyllari" uloqtirishgan, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.   

Huquq-tartibot idoralarida ko‘plab vayronagarchilik holatlari yuz bergani ma'lum qilingan. Politsiya orasida jarohatlanganlar borligi borasida aniqlik kiritilmagan.

Bir necha bezorilar qo‘lga olingan. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, kamida 9 kishi hibsga olingan.  

Namoyishlarda bir qator siyosiy kuchlar vakillari ishtirok etishgan. Namoyishchilar  AQSh migratsiya siyosatiga qarshi chiqishgan hamda ishchilar sharoitlarining yaxshilanishini talab qilishgan.

Mavzuga oid