Jahon | 21:45 / 02.05.2017
5294
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp senatda ovoz berish qoidalarini o‘zgartirmoqchi

Foto: AP Photo / Andrew Harnik

AQSh prezidenti Donald Tramp Demokratik partiya a'zolaridan bog‘liq bo‘lmaslik uchun senatda ovoz berish qoidalarini o‘zgartirish zarur deb hisoblamoqda.        

"Demokratlar va respublikachilar bilan muhokama qilinayotgan rejaning sababi shundaki, bizga senatda 60 ovoz kerak, bizda esa shuncha vakil yo‘q. Yoki biz 2018 yilda ko‘proq respublikachi senatorlarni saylaymiz, yoki qoidalarni 51 foizgacha o‘zgartiramiz", deb yozdi Tramp tvitterda. Tramp senatda qaror qabul qilinishi jarayonini oddiy ko‘pchilik tomondan qabul qilinish bilan o‘zgartirishni nazarda tutgan.       

Ayni vaqtda respublikachilar senatda 52 ta o‘ringa, demokratlar esa 46 ta o‘ringa ega. Ikki nafar senator rasman mustaqil hisoblanadi, biroq ko‘p hollarda demokratlar takliflari uchun ovoz berishadi. 

Trampga senatning qo‘llab-quvvatlashi bir qator muhim masalalar, jumladan 2018 moliyaviy yil uchun byudjyetni qabul qilishda kerak. AQSh ma'muriyati 2017 moliyaviy yil uchun byudjyetga o‘zgartirishlarni qabul qilishda demokratlarga ba'zi masalalar bo‘yicha yon bosishiga to‘g‘ri keldi, bu esa Trampning noroziligiga sabab bo‘lgan. 

2018 yilda AQShda vakillar palatasi va senatga saylovlar bo‘lib o‘tadi. Ularning tarkibi uchdan bir qismiga yangilanadi.

Mavzuga oid