Sport | 23:57 / 03.05.2017
5566
1 daqiqa o‘qiladi

Totti mavsum oxirida faoliyatini yakunlaydi

"Roma" sardori Franchesko Totti 2016/17 yilgi mavsum so‘ngida faoliyatini yakunlaydi. Bu haqda klub sport direktori Monchi ma'lum qildi. 
40 yoshli futbolchi 25 yillik faoliyatini yakunlab, "Roma" sport direktori bo‘ladi. 

"Men klub va Totti orasida kelishuv borligini bilardim. Joriy yilgi mavsum u uchun futbolchi sifatidagi so‘nggisi bo‘ladi. U yangi mavsumni sport direktori lavozimida boshlaydi. 

Franchesko – bu "Roma". Men iloji boricha unga yaqin bo‘lib, u bilgan narsalarni hech bo‘lmaganda 1 foizini bilishni istayman", – dedi Monchi. 
Totti "Roma" tarbiyalanuvchisi bo‘lib, klub safida 1993 yildan buyon to‘p suradi. 

Mavzuga oid