Jahon | 22:20 / 04.05.2017
20167
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng kuchli lazer ilk nur otishni amalga oshirdi

Foto: D. Nölle / DESY

Erkin elektronlarda ishlovchi dunyodagi eng yirik lazer XFEL o‘zining birinchi rentgen nurini otdi. Bu haqda Germaniyadagi DESY tadqiqot markazi xabarida ma'lum qilindi.

XFEL Germaniyada 6-38 metr chuqurlikdagi yer osti tunnelida joylashgan. Uning uzunligi 3,4 km ni tashkil qiladi. U rentgen diapazonida sinxrotron nurlanishni generatsiya qiladi. Bu nurni yorug‘lik tezligiga yaqin tezlikkacha tezlashtirilgan elektronlar chiqaradi. 

2,1 km lik chiziqli tezlashtirgich tunnelga o‘tuvchi elektronlarni tezlashtiradi. Bu tunnelda 17 mingtadan ko‘proq magnit bor. Ulardan fazoda o‘zgaruvchan ko‘ndalang magnit maydonini yaratuvchi qurilmalar – ondulyatorlar tashkil topgan. Ularda harakatlanuvchi zarralar tebranishni boshlaydi va har bir harakatda yuqori energetik fotonlar chiqaradi. Fotonlar rentgen nurlar tutamiga birlashadi va ular elektron ondulyator bo‘ylab o‘tishi sayin kuchayadi.  

XFEL sinovlar vaqtida soniyasiga bor-yo‘g‘i bir impuls ishlab chiqargan, biroq yil oxirigacha bu qiymat soniyasiga 27 ming impulsgacha oshirilmoqchi. Lazer o‘zi chiqaradigan nurlanishning yorqinligi bo‘yicha mavjud analoglarini ortda qoldiradi. 

Mavzuga oid