Sport | 09:24 / 07.05.2017
4352
1 daqiqa o‘qiladi

«Kopenhagen» 12-marotaba Daniya chempioni bo‘ldi

Foto: Bild

«Kopenhagen» klubi milliy birinchilik chempionlari pley-offi 6-turida «Norshellann» bilan durang natija qayd qilib, muddatdan avval Daniya chempioniga aylandi. Uchrashuv Farumdagi «Farum Park» stadionida bo‘lib o‘tdi va 1:1 hisobida yakunlandi. Uchrashuvda «Kopenhagen» taqdirini hal qilgan golni Andreas Kornelius 2-bo‘lim o‘rtalarida kiritdi.

Daniya chempionatining yakunlanishiga 4 tur qolganda, «Kopenhagen» 78 ochko to‘plab, o‘ziga birinchi o‘rinni ta'minlab qo‘ydi: 2-o‘rinda ketayotgan «Brondbyu» undan 16 ochko ortda qolmoqda va endi xarchand urinmasin, poytaxt klubiga yetolmaydi.

«Kopenhagen» tarixda o‘n ikkinchi va ketma-ket ikkinchi marotaba mamlakat chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. 

Daniya Superligasi. Chempionlar pley-offi. 6-tur

Norshellann – Kopenhagen – 1 : 1

Gollar: 1:0, Ingvartsen (39); 1:1, Kornelius (66)

Mavzuga oid