Sport | 16:00 / 07.05.2017
15161
1 daqiqa o‘qiladi

«Real» braziliyalik yangi iste'dod uchun 61 million yevro bermoqchi

Foto: Globo

«Real» klubi «Flamengo» jamoasining 16 yoshli yarim himoyachisi Vinisius Juniorni transfer qilish uchun 61 mln yevro sarflashi mumkin. Bu haqda Globoesporte portali xabar tarqatmoqda.

Bu braziliyalik yosh iqtidorga «Real»dan tashqari «Barselona» tomonidan ham qiziqish mavjud, kataloniyaliklar uni 25 mln yevroga sotib olishga urinib ko‘rishgan, ammo madridliklar klubi taklifi jozibaliroq chiqqan.

Ushbu 16 yoshli futbolchi uchun 45 mln yevro berilishi, yana 16 mln yevro qo‘shimcha bonuslar sifatida to‘lanishi mumkin.

Futbolchi Madridga 2018 yilda, ya'ni 18 yoshga to‘lganidagina kelishi mumkin.

Vinisius Junior Braziliya terma jamoasi bilan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Janubiy Amerika chempioni bo‘lgan. U ushbu turnirda 7 gol urib, turnir to‘purariga aylangan. 

Mavzuga oid