Sport | 11:46 / 14.05.2017
6098
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda «Bahorgi ayollar velomarafoni» bo‘lib o‘tdi

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

13 may kuni Toshkent shahrida «Bahorgi ayollar velomarafoni» bo‘lib o‘tdi. Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, Butunjahon oila kuniga bag‘ishlab tashkil etilgan mazkur velomarofon O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi hamda mamlakat velosiped sporti Federatsiyasi tashabbusi bilan o‘tkazildi. Musobaqa uch yosh toifasida tashkil etildi. 

Birinchi toifadan 18 -30 yoshli xotin-qizlar o‘rin olgandi, 31-45 yoshli ishtirokchilar ikkinchi toifaga ajratildi. Uchinchi yosh toifasini esa yoshi 45dan oshgan ayollar tashkil etishdi. Marafonda nafaqat professional sportchilar, shuningdek, san'at va sport yulduzlari va havaskorlar ishtirok etishdi. 

Toshkentning Abdulla Qodiriy ko‘chasi bo‘ylab jami 5 km masofada o‘tkazilgan marofonda bir yarim mingdan ziyod xotin-qizlar ishtirok etishdi. Natijalar quyidagicha ko‘rinish oldi:

Professional sportchilar bahsi
1. Margarita Misyurina
2. Olga Jantuganova
3. Sofiya Karimova

18-30 yoshli xotin-qizlar o‘rtasida
1. Alena Shirakalova (Toshkent) 
2. Adolat Sotvoldiyeva (Toshkent) 
2. Mahliyo Nurkiyeva (Toshkent viloyati) 
3. Hilola Dilmurodova (Toshkent) 
3. Yelena Galika (Toshkent viloyati) 
3. Dildora Sofiyeva (Toshkent) 

31 – 45 yoshli ayollar o‘rtasida
1. Olga Drobisheva (Toshkent) 
2. Olga Shatalova (Toshkent) 
2. Shohista Sodiqova (Toshkent viloyati) 
3. Yevgeniya Iratova (Toshkent) 
3. Hulkar Abdujapparova (Toshkent viloyati) 
3. Svetlana Apsetova (Toshkent viloyati)

45 yoshdan katta ayollar o‘rtasida
1. Svetlana Isayeva (Toshkent) 
2. Svetlana Shirkayeva (Toshkent) 
2. Dilfuza Olloyorova (Toshkent viloyati) 
3. Firdaus Deminskaya (Toshkent) 
3. Alyona Polyakova (Toshkent viloyati) 
3. Gulchehra Peritkulova (Toshkent viloyati)

Velomarafon yakunida g‘olib va sovrindor bo‘lgan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norbayeva ishtirok etdi.

Mavzuga oid