Microsoft: “WannaCry virusining hujumiga MRB va Milliy xavfsizlik agentligi aybdor”
WannaCry tovlamachi-virusining ommaviy hujumi, AQSh MRB va Milliy xavfsizlik agentligining o‘z manfaati uchun dasturiy ta'minotdagi kamchiliklar haqida ma'lumot yig‘ishi tufayli ro‘y berdi. Bu haqda Microsoft prezidenti Bred Smit ma'lum qilgan.
«Biz MRB tomonidan yig‘ilgan kamchiliklar haqida ma'lumot WikiLeaks’da e'lon qilinganini ko‘rdik, endi esa MXAdan o‘marilgan ma'lumotlar butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilarni qamrab oldi», - deyiladi korporatsiya saytida joylashtirilgan xabarda.
Smit ro‘y bergan hodisani «armiyadan bir nechta "Tomagavk" raketalarining o‘g‘irlanishi» bilan taqqosladi va kiberhujumni xavotirli qo‘ng‘iroq sifatida qabul qilishga chaqirdi. Microsoft rahbarining fikricha, dasturiy ta'minotdagi kamchiliklar haqida maxsus xizmatlar emas, balki faqatgina ishlab chiqaruvchilar bilishi kerak.
Zamonaviy dunyoda WannaCry hujumi «kibertahdidning ikkita juda jiddiy shakli – davlat va jinoiy guruhlar xatti-harakati o‘rtasida xavotirli bog‘liqlikni ko‘rsatib berdi», deya hisoblaydi Microsoft prezidenti.
WanaCrypt0r 2.0 tovlamachi-virusi ma'lumotni shifrlaydi va 300-600 dollar atrofida pul to‘lashni talab qiladi. The Financial Times manbalari xabariga ko‘ra, virus yaratuvchilari AQSh MXAning Eternal Blue zararli dasturini unga asos qilib olishgan. Dastur 12 may kuni keng tarqala boshladi va dunyoning 74 davlatidagi o‘n minglab kompyuterni qamrab oldi. Ekspertlar fikricha, bu tarixdagi eng keng ko‘lamli kiberhujumdir.
Mavzuga oid
17:40
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05
AQShda so‘nggi 4 yilda 749 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
15:04
Davlat departamenti AQSh fuqarolarini Belarusni zudlik bilan tark etishga chaqirdi
12:27