Light | 20:32 / 18.05.2017
20081
1 daqiqa o‘qiladi

Parhezshunoslardan eng mukammal nonushta formulasi

Foto: resto.ru

Shifokorlar eng optimal va me'yoriy nonushta qanday bo‘lishi haqida ma'lumot berishdi. Ular hatto bu borada maxsus formula ham ishlab chiqishdi. "Ortodoks" tibbiy portali shu haqdagi ma'lumot bilan bo‘lishdi

Demak, ertalabki mukammal nonushta formulasi  quyidagicha: murakkab uglevod va oqsil, shuningdek yog‘lar manbai.

Oqsilga boy mahsulotlar - pishloq, tvorog, tuxum, yong‘oqlar va boshqalar. Nofaol uglevodlar - bu turli bo‘tqalar, javdar non va h.k. Foydali yog‘lar - bu zaytun yoki yeryong‘oq yog‘lari,  turli yong‘oqlar, avokado, zaytun.

Inson o‘z nonushtasi ratsionini tuzayotganda har turkumdan bir juft mahsulotdan olsa bo‘ladi - shunda ertalabki nonushta uchun mukammal ratsion hosil bo‘ladi.

Asosiysi, nonushtani o‘tkazib yubormaslik hamda faqat qahva yoki choy bilan kifoyalanmaslik.

Mavzuga oid