Sport | 12:47 / 19.05.2017
14132
1 daqiqa o‘qiladi

Yana bir klub muddatidan avval chempion bo‘ldi

Belgiya birinchiligida pley-off o‘yinlarining 9-turida «Sharlerua» ustidan g‘alaba qilgan «Anderlext» muddatidan avval chempionlikni kafolatladi. Bryusselliklar klubi chempionlik uchrashuvida 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

G‘oliblar safida Lukash Teodorchik dubl qayd etdi. Yana bir golni Massimo Bruno urdi. «Sharlerua»ning yagona javob goli Kris Bedya hisobiga yozildi.

Mavsumning olti kuchli jamoasidan iborat turnir yakuniga bir tur qolganida «Anderlext» 49 ochko to‘pladi va ikkinchi o‘rindagi «Bryugge»ni ortda qoldirib ketdi (42 ochko).

Bu «Anderlext» uchun 34-chempionlik bo‘ldi. Jamoa oxirgi marta 2013/14 yilgi mavsumda chempionlikni nishonlagandi.

Belgiya chempionati. Ilk oltilik
9-tur

«Sharlerua» - «Anderlext» -  1:3
Gollar: Bedya, 27 – Teodorchik, 59, 81, Bruno, 87.

Mavzuga oid