Jamiyat | 17:35 / 20.05.2017
11632
5 daqiqa o‘qiladi

EKOPEN ​o‘zining rebrendingi va yangi ish modeli taqdimotini o‘tkazdi

2017 yil 19 may kuni Radisson Blu Tashkent mehmonxonasida Ekopen kompaniyasining rebrendingi, ya'ni yangi logotipning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, marosimda mijozlar va hamkorlar bilan ishlashning yangi uslubdagi modeli ham tanishtirib o‘tildi.

Yangi logotip

Yangi logotip tadbir ishtirokchilarining e'tiborini jalb qildi. Yangi logotipning asosiy ranglari sifatida to‘q ko‘k, ya'ni indigo, hamda olov ranglar tanlandi. Ushbu ikkita bir biriga kontrast ranglar uyg‘unligi o‘ziga xos falsafaga ega.

Olov rang – kun va yorug‘likni ifoda etsa, indigo esa, aksincha – kunning qorong‘i qismini ifoda etadi. Olov rang, shuningdek, avvalgi logotipning asosiy rangi bo‘lganligi uchun iste'molchilar tasavvurida chuqur muhrlanib qolgan. Shu bois, qurilish tushunchasi bilan bog‘lik bo‘lgan olov rang kompaniyaning yangilangan asosiy tashqi vizual elementi bo‘lib qolaveradi.

Pazl

Sahna yonida joylashgan pazl ko‘rinishidagi geometrik element esa kompaniyaning o‘z hamkorlarini hurmat qilishi va ular bilan mustahkam munosabatlarga ega katta oila misolida ekanligini anglatadi.

Taqdimot davomida kompaniya rahbari va asosiy hamkorlar mana shu pazlni birma-bir terib chiqishdi va bir butun bo‘lgan “Ekopen” so‘zini yaratishdi.

Yangicha ish yuritish modeli

Tadbir davomida kompaniya rahbariyati va uning xodimlari yig‘ilganlarga kompaniyaning B2B va B2C segmentlar bilan yanada takomillashgan ish yuritish modeli haqida so‘zlab o‘tishdi.

Kompaniya o‘z faoliyatiga bir necha o‘zgarishlarni ham ma'lum qildi. Ular qatorida butun O‘zbekiston bo‘ylab franchayzing savdo nuqtalari asosida distribyutorlik tarmog‘ini barpo etish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyurtmalar olish uchun mo‘ljallangan ichki koll-markazning faoliyatini tashkillashitirish, mijozlar haqidagi ma'lumotni o‘z ichiga olgan yagona axborot bazasini yaratish, mijozlar va hamkorlar foydalanishlari uchun mobil ilovani ishlab chiqish, mijozlar bilan uzluksiz aloqada bo‘lish va fikr almashinish uchun mo‘ljallangan SMM-qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish kabilar bor.

Ekspozittsiyalar

Tadbir so‘nggida kompaniyaning yangi qarashlarini o‘zida aks ettiruvchi reklama roligi mehmonlar e'tiboriga havola etildi. Rasmiy qism va OAV vakillari bilan o‘tkazilgan suhbatdan so‘ng barcha ajoyib ekspozitsion maydonga taklif qilindi. Ishtirokchilar va mehmonlar bu yerda mahsulot turlarini namoyish etuvchi shou-rum, haqiqiy deraza ko‘rinishidagi foto hududni ko‘zdan kechirishdi va o‘z suratlari tagiga dil izhori hamda tavsiyalar qoldirishdi.

Aziz Ahmadjonov, loyiha rahbari:

“Biz deraza profillarini ishlab chiqarish sanoatida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar va takliflarni astoyidil o‘rganib chiqdik. Aholining sifatli mahsulotga bo‘lgan talabi o‘sib borayotgan bir paytda, kichik va xususiy biznes egalari bilan yaqindan hamkorlik qilish usuli yangi strategiyamiz negizini tashkil etishi lozimligini angladik. Bunday yondashuv hatto, eng talabchan mijozimiz istaklarini qondirish sari ishlab chiqarishning har bir pog‘onasini yanada yaxshilashga turtki bo‘ladi”.

Ma'lumot o‘rnida: "EKOPEN​" MChJ qo‘shma korxonasi deraza ishlab chiqarish bozorining turli segmentlari uchun Ekopen​ savdo belgisi ostida PVX profillarini ishlab chiqaruvchi kompaniyadir. Ekopen​ mahsulotlarining qulayligini, uzoq vaqt xizmat qilishini, yengil foydalanilishini O‘zbekiston aholisi yuqori baholaydi.

“Ekopen​” savdo belgisining plastik rom va eshiklari Yevropa mahsulotlari sifatiga mosdir. Kompaniya laminatlangan profilli derazaning chidamliligi va ko‘rinishining estetikligiga 25 yilgacha kafolat beradi.

Mavzuga oid