Jamiyat | 08:00 / 22.05.2017
9239
1 daqiqa o‘qiladi
I’ll be back: Shvartsenegger "Terminator"ning 6-qismida suratga tushmoqchi
Gollivudning mashhur aktyori va Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori Arnold Shvartsenegger "Terminator" filmining 6-qismida suratga tushmoqchi, deb xabar bermoqda The Mirror nashri.
Aktyorning ma'lum qilishicha, u yaqinda blokbasterning keyingi qismini muhokama qilish uchun rejissyor Jyeyms Kemeron bilan uchrashgan. "Film qaytmoqda. Kemeronda franshizani davom ettirish uchun bir nechta yaxshi g‘oya mavjud", deb aytdi yaqinda 70 yoshni qarshilaydigan Shvartsenegger.
"Men filmda bo‘laman", deb qo‘shimcha qildi aktyor.
Filmning so‘nggi qismi "Terminator: Genezis" 2015 yilda ekran yuzini ko‘rgandi.
Mavzuga oid
15:51 / 05.03.2020
Shvarseneggerning da'vosidan so‘ng unga qiyofadosh robot yo‘q qilinadigan bo‘ldi
19:10 / 23.08.2019
Rossiya kompaniyasi Shvarsenegger va Jyeki Channi sudga berdi
22:24 / 03.06.2019
“Terminator” filmi prodyuseri O‘zbekistonda Gollivud blokbasterini suratga oladi
04:10 / 19.05.2019