O‘zbekiston | 15:39 / 25.05.2017
31559
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi?

25 may, payshanba kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha IV Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimov va Turkiya bosh vazir o‘rinbosari Yildirim Tugrul Turkesh raisligi ostida o‘tkazildi.

Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra, quyidagi hujjatlar imzolandi:

1. O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma iqtisodiy komissiya to‘rtinchi yig‘ilishining Bayonnomasi. Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi bosh vazir o‘rinbosari Rustam Sodiqovich Azimov hamda Turkiya Respublikasi bosh vazir o‘rinbosari Yildirim Tugrul Turkesh tomonidan imzolandi;

2. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi va Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri uchrashuvlari Bayonnomasi. Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Anvar Qurbonovich Sharapov hamda Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Nabi Avji tomonidan imzolandi;

3. O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Turkiya Respublikasi hukumati o‘rtasida daromad soliqlariga nisbatan ikki yoqlama soliqqa tortishni oldini olish to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha Bayonnoma loyihasi parafirlandi. Uni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri G‘aniyev Elyor Majidovich hamda Turkiya Respublikasi Iqtisodiyot vaziri Nixat Zeybekchilar imzolashdi;

4. O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Turkiya Respublikasi hukumati o‘rtasida Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi Bitim loyihasi parafirlandi. Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Ahmadxo‘jayev Azim Isroilovich va Turkiya Respublikasi iqtisodiyot vaziri Nixat Zeybekchi tomonidan imzolandi. 

Mavzuga oid