Fan-texnika | 20:00 / 26.05.2017
7524
1 daqiqa o‘qiladi

Juno zondi Yupiter "musiqasi"ni yozib oldi

Foto : J.E.P. Connerney et al., Science (2017)

Juno zondi Yupiter magnit maydoni va quyosh shamolining o‘zaro ta'siri natijasida yuzaga keladigan "musiqa"ni yozib oldi. Bu haqida RIA "Novosti" NASA brifingida taqdim etilgan ma'lumotlarga asoslanib, xabar berdi. Bundan tashqari, zond Yupiter halqalarining ilk suratlariga ega bo‘ldi. 

"Bu suratlar Yupiter halqalarining "ichidan" olingan  birinchi suratlar hisoblanadi. Ushbu suratdagi ikki eng yorqin nuqta - Oriona yulduzlar turkumidagi Betelgeyze va Bellatriks yulduzlari", - deydi Pasadendagi NASA reaktiv harakati labaratoriyasidan Xaydi Beker.

Audioyozuv sayyoraning magnit maydoni va quyosh shamoli zarrachalarining o‘zaro ta'sirini kuzatish davomida plazma detektori yordamida yozib olingan.

Manbaga ko‘ra, ushbu audio Apple Music katalogiga qo‘shiladi. 

Mavzuga oid