Misrda qibtiylarga hujum qurbonlari soni ortdi, halok bo‘lganlarning aksari bolalar
Misrning markaziy qismida xristian-koptlar avtobusiga uyushtirilgan hujum qurbonlari soni 28 nafarni tashkil etmoqda, ularning aksari bolalardir. Bu haqda hodisa ro‘y bergan Al-Minya viloyati gubernatori Isam al-Bad'yaviyga asoslangan holda ON-TV telekanali efirida ma'lumot berildi.
"Ayni vaqtga kelib, Al-Minyadagi shifoxonada ushbu hujum oqibatida qurbon bo‘lgan 28 kishining jasadi bor", degan gubernator.
Bundan avvalroq Misr Sog‘liqni saqlash vaziri 26 qurbon haqida aytgandi, koptlar cherkovi vakili esa hujum qurbonlari soni 35 kishi ekanini ma'lum qilgan.
Juma kuni tongida 3ta avtomobilga mingan noma'lum shaxslar guruhi Beni-Sueyf monastiriga ikki avtobusda yo‘l olgan koptlarga hujum uyushtirdi.
Taxmin qilinishicha, kolonnada avtobusdan tashqari mikroavtobus va ochiq yukxonali jip ham bo‘lgan. Avtobusda 40 nafar bola bo‘lgan.
Mavzuga oid
15:10 / 19.12.2024
O‘zbekistonlik yoshlarning Al-Azhar majmuasiga qabul qilinishi tartibga solinadi
14:27 / 09.12.2024
Misr O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarish korxonasini quradi
14:08 / 28.11.2024
Qoraqalpog‘istonlik tibbiyot xodimlari Misrda malaka oshiradi
21:05 / 25.11.2024