Jamiyat | 13:58 / 27.05.2017
10077
1 daqiqa o‘qiladi

Fotojamlanma: Sidneydagi chiroq festivali

26 may kuni Avstraliyada har yilgi Vivid Sydney festivali boshlandi. U an'anaviy ravishda dunyoning turli davlatlaridan chiroq bo‘yicha eng yaxshi dizaynerlar va rassomlarni jalb etadi. 

Butun Sidney bo‘ylab tadbir o‘tkazilishi vaqtida turli ranglardagi installyatsiyalar qo‘yib chiqildi, biroq festivalning eng hayratlanarli qismi – binolardagi proyeksiyadir (optik asboblar yordamida binoga tasvir va turli rangdagi chiroqlarni tushirish). Bunda ayniqsa mashhur Sidney operasi binosi o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Festival 17 iyunga qadar davom etadi. Instagramda esa birinchi kechaning o‘zidayoq guvohlar tomonidan olingan yuzlab suratlar paydo bo‘ldi.

 

Mavzuga oid