Sport | 14:20 / 28.05.2017
17871
2 daqiqa o‘qiladi

Vitaliy Klichko ukasining Joshuaga mag‘lub bo‘lishida aybni zimmasiga oldi

Foto: TASS

Butunjahon boks kengashi (WBC) versiyasi bo‘yicha super og‘ir vaznda sobiq jahon chempioni, «abadiy» chempion unvoniga ega, hozirda Kiyev shahri meri Vitaliy Klichko ukasi Vladimirga britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi jang oldidan noto‘g‘ri maslahat bergani haqida gapirdi.

«Men Vladimirga jangning oltinchi  raundidan keyin xato maslahat bergandim. Men ishonch bildirgandimki, Joshua bunday ulkan tanasi tufayli oxirgi raundlarida faol bo‘la olmaydi. Men Vladimirni jangni tezroq yakunlash fikridan qaytardim. Men yettinchi-sakkizinchi raunddan keyin Joshua charchay boshlashi va Vladimirning imkoniyati oshishiga umid bildirgandim. Hozir men bundan afsus qilyapman, balki o‘shanda Entoniga bosim o‘tkazish kerak edi. Bu maslahatim xato bo‘lgandi», — deya Vitaliy Klichkoning so‘zlarini keltirgan «Segodnya».

30 aprel kuni o‘tkazilgan jangning 11-raundida Entoni Joshua Vladimir Klichkoni nokautga uchratgandi.

Mavzuga oid