Sport | 09:20 / 29.05.2017
12266
3 daqiqa o‘qiladi

«Endi bu tushga qaytib bo‘lmaydi» - Tottining xayrlashuv uchrashuvidagi nutqi

«Afsus, bu kun yetib keldi, bu kun hech qachon kelmasligini istagan edim. Oxirgi vaqtlarda men haqimda aytilgan ajoyib so‘zlar... Hammasi uchun hammaga rahmat!

Men aqlsizday yig‘ladim! 25 yilni shunchaki unutib bo‘lmaydi axir. Hozir menga aslo oson emas, hammaga minnatdorchilik bildiraman. Men rafiqam bilan bu 25 yil qanday o‘tgani haqida gaplashdim...

Otamga, onamga, akamga, oilamga va do‘stlarimga tashakkur. Rafiqam va uch farzandimga rahmat! So‘zni shundan boshlamoqchi edim, chunki gapimni oxiriga yetkaza olmayman, degan hadik bor edi.

Ko‘nglimdan o‘tayotgan narsalarning barchasini bir necha so‘z bilan izhor qilib bo‘lmaydi. Buni she'r yoki poema tarzida taqdim etishni istardim, ammo she'r yozishni unchalik qoyillata olmayman. Men barchasini oyoqlarim bilan o‘yin orqali yetkazishga harakat qildim. Shunday, hammasi oddiy kechadi.

Bilasizmi, yoshligimda nima o‘ynashni sevardim? Futbolni! Hozirgacha shunday. Ammo qachonlardir ulg‘ayishing kerak. Menga bu haqida ko‘p gapirishdi, vaqt o‘z hukmini chiqarib bo‘lganini aytishdi.

Fursat yetib keldi va yelkamdan turtib, ulg‘ayganimni aytdi. U ertadan boshlab katta kishi bo‘lganimni aytdi: «Shortik va butsangni yech, — dedi. — Endi katta erkaksan, maydon chimini hidlash, adrenalin va bayramlarni nishonlashdagi xursandchiliklarni bas qil».

So‘nggi oylarda o‘z-o‘zimga savol berdim: nega bu tushdan uyg‘onishim kerak? Bilasizmi, yoshligingizda shirin tush ko‘rasiz va sizni onangiz uyg‘otadi va siz maktabga borishingiz kerak. O‘sha tushga yana qaytging keladi, ammo hech qachon qaytib bo‘lmaydi.

Shu vaqt davomida intervyu bermaganim uchun va niyatlarimni bo‘lishmaganim uchun meni kechiring. Chiroqni o‘chirish oson bo‘lmadi. Endi men qo‘rqyapman. Shuning uchun yengil qo‘rquvni his qilishimga imkon bering. Hozir sizning ko‘magingizga muhtojman.

Hozir jamoadaoshlarim, murabbiylarim, klub rahbariyati va ishqibozlarga tashakkur aytishning ayni vaqti. Hayotimning 28 yilini «Roma»ga baxshida etganimdan juda baxtiyorman va bundan faxrlanaman. Sizlarni sevaman!» — deydi Totti xayrlashuv nutqida.

Mavzuga oid