O‘zbekiston | 14:00 / 30.05.2017
9250
1 daqiqa o‘qiladi

Jalolobodda O‘zbekiston va Qirg‘iziston delegatsiyalari chegara masalasida uchrashishdi

21-26 may kunlari Qirg‘izistonning Jalolobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi hukumat delegatsiyalarining O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha ishchi guruhlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuv doirasida O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasi uchastkalarida kameral ishlar olib borildi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Andijon viloyati bilan Qirg‘izistonning O‘sh viloyati tutashgan hududlardagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasida qo‘shma topografik va yer tuzish ishlari bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasini delimitatsiya qilish bo‘yicha oraliq Shartnoma loyihasi tayyorlash masalalari ham muhokama qilingan.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra Bayonnoma imzolangan.

Uchrashuv konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tgan.

Mavzuga oid