O‘zbekistonda qor barslarining kamayib ketishiga nima sabab bo‘lmoqda?
O‘zbekistonda qor barslarini saqlab qolishga qaratilgan ishlar amalga oshiriladi. Bu haqida Xalqaro Press-klubning "O‘zbekiston: atrof-muhit muhofazasiga yangicha yondashuvlar" mavzuidagi yig‘ilishida qatnashgan "Kun.uz" muxbiri xabar berdi.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, qor barsining O‘zbekistondagi populyatsiyasi 20-22 tani tashkil qiladi. Dunyo bo‘ylab (Erondan to Xitoygacha) qor barsi populyatsiyasi esa 3-5 mingtadan iborat - bu juda kam ko‘rsatkich. Ularning yo‘qolib ketishiga asosiy sabab sifatida oziq-ovqat bazasining yetishmovchiligi keltirildi. Shu bois ular borgan sari tog‘larning yuqori qismiga qarab ketmoqda. Shuningdek ularning kamayib ketishiga ekologiyaning yomonlashuvi va insonning tabiatga aralashuvi kabi salbiy omillar ham ta'sir ko‘rsatmoqda.
Ekologiya o‘z ichiga 70 fundamental fanni qamrab oladi. Bu deyarli barcha sohalar ekologiya bilan uzviy bog‘liq ekanini bildiradi.
5 iyun kuni "Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni" nishonlanadi. Onlayn-so‘rovnomaga binoan Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kunining 2017 yilgi shiori - "Men tabiat bilan birgaman" bo‘ldi.
BMTning atrof-muhit muhofazasiga doir dasturi ijtimoiy tarmoqlarda Tashkilotning barcha tillaridagi xeshteglarni qo‘llaydi, ulardan asosiylari - #WithNature (#Tabiat bilan birga) va #WorldEnvironmentDay (#Butunjahon atrof-muhit kuni). Kampaniya sevimli park yoki qo‘riqxona haqidagi hikoya bilan bo‘lishishga taklif qilishdan boshlanadi, ulardan eng yorqin va qiziqarlilari BMT dasturi doirasidagi onlayn-maydonlarda namoyish etiladi.
Mavzuga oid
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
13:38 / 24.12.2024
“Bolalar sovuqdan muzlayapti” – BMT vakillari qish falastinliklar hayotini yanada og‘irlashtirayotganini ma’lum qildi
11:15 / 12.12.2024
O‘zbekiston xalqaro majburiyatlarni bajarish doirasida 530 dan ortiq fuqarosini Yaqin Sharqdan qaytardi
18:38 / 11.12.2024