Nigerlik 44 migrant cho‘lda tashnalikdan halok bo‘ldi
Shimoliy Nigerdagi cho‘lda mashinaning buzilib qolishi kamida 44 migrant, jumladan ayollar va bolalarning o‘limiga olib keldi. Bu haqida rasmiylar xabariga asoslanib, Daily Sabah xabar berdi.
"Hozircha cho‘lda halok bo‘lganlar soni 44 nafarni tashkil qilmoqda", - dedi Agades meri Rissa Feltou.
Qizil Xoch hududiy rahbari Lora Taxerning so‘zlariga ko‘ra, Agades va Dirkou shaharlari orasida yuk mashinasida harakatlanganlar orasidan atigi 6 kishi omon qolgan.
Tirik qolganlar - 5 nafar erkak va 1 ayol najot izlab Achigur shahrigacha tinmay piyoda harakatlanishgan.
Xavfsizlik idoralaridagi nomini oshkor qilishni istamagan manbaga ko‘ra, migrantlar tashnalikdan halok bo‘lgan, chunki ular harakatlanayotgan yuk mashinasi buzilib qolgan.
May oyi boshida ham nigerlik 8 migrant (5 nafari bolalar) Jazoir tomon harakatlanayotib, cho‘lda halok bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
08:11 / 14.12.2024
Kanadada har yigirmanchi o‘limga evtanaziya sabab bo‘lmoqda
17:35 / 25.10.2024
O‘zbekistonda tug‘ilish kamaydi, o‘limlar soni esa oshdi
11:30 / 17.09.2024
Pentagon Nigerdan AQSh kuchlarini olib chiqishni yakunladi
14:55 / 12.08.2024