Jahon | 22:22 / 05.06.2017
23932
1 daqiqa o‘qiladi

Yana bir davlat Qatar bilan aloqalarni uzdi

Foto:RIA Novosti

Sharqiy Afrikadagi orollarda joylashgan Mavrikiy Respublikasi bir qator arab davlatlaridan keyin terrorchilik va ekstremizmni qo‘llab-quvvatlashi va o‘zga davlatlarning ichki ishiga aralashuvi uchun Qatar bilan diplomatik munosabatlarni uzishini e'lon qildi. Bu haqda Saudiya Arabistonining "Ajil" yangiliklar portali ma'lum qildi.    

Portal ma'lumotlariga ko‘ra, Mavrikiy Qatar bilan aloqalarni uzgan ikkinchi noarab davlati bo‘ldi. Avvalroq bunga Maldiv hukumati qaror qilgandi.

5 iyunda Misr, Saudiya Arabistoni, Bahrayn va BAA Qatarni terrorchilik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash va Yaqin Sharqdagi vaziyatni barqarorsizlashtirishda ayblab, u bilan aloqalarni uzgandi. So‘ngra esa Liviyaning sharqiy qismi, Yaman va Maldiv hukumatlari ham Doha bilan munosabatlarga chek qo‘yishga qaror qilgan.

Mavzuga oid