Sport | 20:56 / 05.06.2017
12896
1 daqiqa o‘qiladi

«Nyukasl» sobiq futbolchisi mashg‘ulot vaqtida vafot etdi

Angliyaning «Nyukasl» klubi va Kot-d’Ivuar terma jamoasi sobiq yarimhimoyachisi Sheyk Tiote Xitoy klubi mashg‘ulotlari jarayonida hushidan ketib yiqilgan va shundan so‘ng vafot etgan. Bu haqda mahalliy Cnhubei.com nashri xabar tarqatdi. 

Manba bergan xabarga ko‘ra, oxirgi vaqtlarda Xitoyning nufuzi jihatdan ikkinchi ligasi vakili sanalgan «Beyjin Enterprayzes» jamoasi safida to‘p surayotgan 30 yoshli ivuarlik futbolchi mashg‘ulotlar vaqtida hushidan ketgan va zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. U yerda shifokorlar futbolchining o‘limini qayd qilishgan. 

O‘lim sababi hozircha ma'lum qilinmayapti. Shuningdek xabar klub tomonidan rasman tasdiqlangani yo‘q. 

Eslatib o‘tamiz, Tiote 2017 yilning fevralida Xitoy klubi safiga borib qo‘shilgandi. 

Mavzuga oid