Jamiyat | 20:10 / 05.06.2017
70606
4 daqiqa o‘qiladi

ROZMETOV oilaviy zavodi bilan qanday tanishganim haqida

​Respublikamizdagi kolbasa ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchilardan biri bo‘lib kelayotgan Rozmetov kolbasa zavodiga tashrif buyurdik. Dastlab shuni aytish lozimki, mahalliy ishlab chiqaruvchi uchun katta g‘urur va iftixor tuyg‘usini xis etdim.

Rozmetov kompaniyasi O‘zbekistondagi mashhur brendlardan biri bo‘lib, unga 1989 yilda Rozmetov Ziyovuddin Mutanovich tomonidan asos solingan.

Keling, hammasini bir boshdan boshlaylik. Zavod hududiga kirishda meni o‘ta iltifotli xodimlar, kompaniya rahbarlari: ish boshqaruvchi Zafar Rozmetov, tijorat direktori Furkat Shertayev va kompaniya bosh texnologi Hasan Manashov qarshi oldilar.

Zavodda barcha sanitariya-gigiyena talablariga va me'yorlariga rioya etilgan. Ishlab chiqarish sexiga kirishdan avval, maxsus kiyim kiyilib, sanitar zararsizlantiruvchi elektron uskunasidan o‘tish lozim.

Kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarish sexiga kirib, hayratda qoldim, barcha xodimlar boshdan – oyoq oppoq maxsus kiyimlarda edi.

Tanishtiruv go‘sht qabul qilish bo‘limidan boshlandi. Odamlarda “kolbasa ichida go‘sht bo‘lmaydi”, degan fikr mavjud. Men o‘z ko‘zim bilan Rozmetov kolbasasi go‘shtdan tayyorlanishiga amin bo‘ldim. Kompaniyada go‘shtning sifatiga katta ahamiyat berilar ekan. Shu sababli har kecha mutaxassisning o‘zi kushxonaga borib, tirik molni ko‘rikdan o‘tkazadi va halol so‘yilishini nazorat qiladi. Bu olib kelinadigan go‘sht sifatiga ishonch hosil qilish uchun bajariladi. Rozmetov firmasi mutaxassislari ularning kolbasasi eng yaxshi go‘shtdan ishlab chiqarilishidan manfaatdor va eng yaxshi mollarni tanlab olishga harakat qiladi. Rozmetov kompaniyasining barcha mahsuloti ma'lum bir retsepturadan kelib chiqib, faqat mol, tovuq, qo‘y va ot go‘shtidan tayyorlanadi.

Go‘sht maydalanadi, marinovka qilinadi va shakl beriladi. Keyinchalik kolbasa batonlari tinib bo‘lgach, termokamerada pishiriladi va Yevropadan keltirilgan eman (buk) daraxti kipigidan hosil bo‘lgan tutunda dudlanadi. Rozmetov kompaniyasi suyuq tutundan foydalanmaydi. Kameradan chiqqan tayyor mahsulotlar sovitgichlarga joylashtiriladi.

Rozmetov kolbasalarini ishlab chiqarish jarayonini kuzatishning o‘zi o‘ta yoqimli edi. Barcha sanitariya me'yorlariga rioya etilishi, eng zamonaviy xorijiy uskunalar va zamonaviy texnologiyalardan foydalanilishi muhim.

Kolbasa qanday ishlab chiqarilishini o‘z ko‘zim bilan ko‘rishga muvaffaq bo‘lganimdan xursandman. Endi ishonch bilan Rozmetov kompaniyasi cho‘chqa go‘shtidan, shuningdek, suyak unidan foydalanmasligini aytishim mumkin. “Halol” sertifikatsiyasidan o‘tgan ziravorlar ishlatiladi. Barcha tayyorlangan mahsulot qayta ishlanmaydi.

Rozmetov korxonasi takomillashishdan to‘xtamaydi. Bugungi kunda Rozmetov xalqaro standartlar tizimida, ya'ni ISO 22000 xalqaro sertifikatsiyasini olgan yagona tashkilotdir.

Zavoddagi muhitning o‘zi o‘ta ko‘tarinki va kishini jalb etuvchi, xodimlar esa ko‘ngli ochiq va samimiy edi.

Oxirgi paytda kolbasada hech qanday foydali jihat yo‘qligi haqidagi tushuncha shakllangan. Biroq Rozmetov korxonasida bo‘lib, agar mahsulot sifatli va vijdonan tayyorlansa, kolbasa organizmdagi barcha energetik yo‘qotishlarni to‘ldirishga qodir bebaho mahsulot ekanligini anglab yetdim.

Nonushta ustida butun oilamiz bilan to‘planishni yaxshi ko‘raman va endi dasturxonimizda doim Rozmetov mahsulotlari bo‘ladi, chunki Rozmetov kolbasalari uz oilasiga tayyorlangan mahsulotlar kabi Rozmetov oilasidan barcha oilalarga mehr bilan taqdim etiladi.

Men zavodni shunday a'lo sifatga ega kolbasa bizda ishlab chiqarilishidan faxrlangan holda tark etdim.

Tas-IX

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid