Jahon | 17:08 / 10.06.2017
7373
1 daqiqa o‘qiladi

Eronda maxsus amaliyot natijasida terrorchilar guruhi qo‘lga olindi

Eron politsiyasi boshlig‘i Husayn Ashtoriyning xabar berishicha, Tehron yaqinida bugun o‘tkazilgan maxsus amaliyot natijasida terrorchilar guruhi aniqlandi. Bu haqda IRNA agentligi ma'lum qilgan. Uning ta'kidlashicha, amaliyot politsiya va islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi kuchlari bilan birgalikda o‘tkazildi. Shuningdek, «Basij» xalq militsiyasi vakillari ham qatnashdi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, yetti kishi qo‘lga olingan. Amaliyot Tehronga qo‘shni bo‘lgan Alborz viloyatining Fordis tumanida o‘tkazildi. 

Eslatib o‘tamiz, Tehronda deyarli bir vaqtning o‘zida ikkita terrorchilik xuruji yuz berdi. To‘rt kishi Eron parlamenti binosida o‘t ochishgan bo‘lsa, keyin Islom Respublikasi asoschisining maqbarasiga hujum uyushtirildi. Teraktlar uchun mas'uliyatni IShID o‘z zimmasiga oldi.

Mavzuga oid