Sport | 23:51 / 22.06.2017
10761
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning sobiq eng yaxshi tennischisi bankrot deb e'lon qilindi

Foto: Getty Images

Germaniyalik sobiq birinchi raqamli tennischi Boris Bekker London Oliy sudidagi jarayonda bankrot deb e'lon qilindi. Bu haqda VVS xabar bermoqda.

Hozirda murabbiylik va sport sharxhlovchiligi bilan shug‘ullanuvchi Bekker ustidan sudga Londonning Arbuthnot Latham banki arz qilgan. Bank vakilining aytishicha, tennischi katta miqdorda kredit olib, uni belgilangan vaqtda – 2015 yil oktabrida qaytarib bermagan. Kredit miqdori ma'lum qilinmagan.

Sobiq sportchi London sudiga kelmagan, uning advokatlari ishning ko‘rib chiqilishini 4 hafta keyinga surishni, bu orada Bekker zarur bo‘lgan 6 mln yevroni Ispaniyadagi ko‘chmas mulki ijarasidan to‘play olishi va qarzni uzishini aytishgan.

London banki bu taklifga qarshi chiqqan va ish ko‘rilishi shundoq ham surilgani, biroq bu vaqt ichida sportchida tegishli miqdordagi pul borligiga hech qanday isbot paydo bo‘lmaganini ta'kidlab o‘tgan. Natijada sudya arzchining e'tirozlarini inobatga olgan.

"Bu eski qarz. Bundan go‘yoki odam boshini qum ostiga yashirinib olgandek taassurot paydo bo‘lmoqda", deb aytgan sudya. Ta'kidlash joizki, avvalroq sobiq sportchining boyligi 35 mln dollarga baholanayotgandi.

Mavzuga oid