Light | 11:24 / 22.06.2017
21247
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Britaniyalik rassom oddiy qog‘ozdan juda go‘zal shakllar yasamoqda

Angliyaning Yorkshir grafligida yashovchi rassom Pippa Dirlaga qog‘oz yordamida juda murakkab haykaltaroshlik namunalarini yaratadi. U Lids shahar universitetini zamonaviy badiiy amaliyot, san'at va dizayn yo‘nalishi bo‘yicha bitirgan bo‘lib, bu yerda doimiy tarzda uning ishlari ko‘rgazmasi ham o‘tkaziladi.

Pippa oddiy qog‘ozdan shunday murakkab narsalarni yaratishda tabiat, hayvonlar, me'morchilik, pop-madaniyat va o‘zi yashayotgan joydan ilhom oladi. Rassomning so‘zlariga ko‘ra, u an'anaviy texnika bo‘yicha ishlaydi va qog‘ozdan kerakli shakllarni kesishda maxsus pichoqcha (skalpel)dan foydalanadi. Bitta andazaga odatda bir varaq qog‘oz ketadi.

Pippa bu yo‘nalishdagi o‘zining ilk ishini 2010 yilda yaratgan.

Vaqti vaqti bilan rassom qog‘ozdan installyatsiyalar yaratadi, ba'zida esa boshqa artistlar bilan birgalikda yangi nimadir o‘ylab topadi.

Rassom yangi ishlari suratini o‘z sayti va ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilib boradi.

Mavzuga oid