Sport | 12:09 / 25.06.2017
20375
1 daqiqa o‘qiladi

Yemelyanenko: "Mitron bilan revansh jangi o‘tkazishni istardim"

Rossiyalik yakkakurashchi Fyodor Yemelyanenko Bellator 180 turnirida Mett Mitron bilan kechgan jangda nokautga uchragach, raqibi bilan revansh jangini o‘tkazish istagini bildirdi. 

"Men Mitron bilan revansh o‘tkazishni istardim, chunki jang ikki tomonlama yaxshi kechayotgandi, shunchaki Mett ertaroq o‘zini tiklab oldi.

Bugungi mag‘lubiyatga keladigan bo‘lsak, jangga bor kuchimni ishga solib tayyorgarlik ko‘rdim, shunday ekan, menda imkon bor edi, tayyorgarlik jarayonida hech narsani o‘zgartirmagan bo‘lardim. Men xuddi shu murabbiy rahbarligi ostida va xuddi shu sparring-sheriklarim bilan tayyorlangan bo‘lardim", - dedi Fyodor Yemelyanenko turnirdan keyingi matbuot anjumanida. 

Fedor Yemelyanenko Bellator’dagi ilk jangini yutqazdi

Mavzuga oid