Jamiyat | 08:37 / 28.06.2017
8563
2 daqiqa o‘qiladi

125 mln so‘mlik tilla taqinchoq o‘g‘rilari qo‘lga olindi

2017 yil 13 aprel kuni Buxoro shahar IIBga Muborak ko‘chasi 34-uyda yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan S. Sharopova ariza orqali murojaat qilib, 2017 yilning 7 aprel kunidan 8 aprel kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs uning uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasida bo‘lgan temir seyf ichidan 125 million so‘mga teng bo‘lgan ayollar tilla taqinchoqlari va 300 yevro pullarini o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Bu haqda Kun.uz’ga Buxoro IIB xabar berdi.

Xodimlar tomonidan tunu-kun olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni, Buxoro shahrida yashovchi, kirakashlik bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar 1992 yilda tug‘ilgan S.To‘xtayev, 1992 yilda tug‘ilgan B.Xoliqov hamda 1993 yilda tug‘ilgan M.G‘ulomovlar sodir qilganliklari aniqlangan. 
 
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi asosida S.To‘xtayev, B.Xoliqov va M.G‘ulomovlarga nisbatan ayb e'lon qilingan. 

Mavzuga oid