O‘zbekiston | 09:13 / 30.06.2017
9078
1 daqiqa o‘qiladi

«Ohangaronsement» yangi sement turi ishlab chiqarishni o‘zlashtirdi

Foto: eurocement.ru

«Ohangaronsement» AJ yangi PTs 400 KD 30 sementi – 30 foizgacha kompozit qo‘shimchalarga ega bo‘lgan 400 markali portlandsementni ishlab chiqarishni o‘zlashtirdi.

Kompaniya matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, yangi mahsulot mintaqa iste'molchilarining umumiy qurilishga mo‘ljallangan sementlarga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida o‘zlashtirildi.

PTs 400 KD 30 yangi markadagi sementi «Ohangaronsement»  korxonasi ishlab chiqaruvchi mahsulotlar assortimentini kengaytirdi, endilikda zavod 9 turdagi sementni ishlab chiqarish sertifikatiga ega.

PTs 400 KD 30 portlandsementi suv o‘tkazishning kam darajasi, yolg‘on qoplashning yo‘qligi, mahsulotlar yuzasida turli kamchiliklar paydo bo‘lish ehtimolining kamligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, u qattiq sovuqqa bardoshli.

Tsement beton va qurilish qorishmalarini monolit konstruksiyalar, binolar hamda inshootlarni qurishda qo‘llashga mo‘ljallangan.

Mavzuga oid