23 yoshli yigit Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari bo‘ldi
30 iyun kuni Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida bo‘lib o‘tgan «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining navbatdagi Qurultoyi vaqtida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qurultoyda chiqish qilgan 23 yoshli yigit Alisher Sa'dullayevni Xalq ta'limi vaziriga o‘rinbosar etib tayinlagan. Bu ma'lumotni «Kun.uz» saytining vazirlikdagi manbasi tasdiqladi.
1 iyul kuni Xalq ta'limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov Alisher Sa'dullayevni vazirlik jamoasiga o‘zining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida tanishtirgan.
Alisher Sa'dullayev 1994 yilning 11 iyulida Jizzax viloyatining Jizzax tumanida tug‘ilgan. Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutini tamomlagan, keyinroq Buyuk Britaniyada tahsil olgan.
U shu vaqtgacha Toshkent shahridagi Result o‘quv markazi rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
Mavzuga oid
00:36 / 22.12.2024
Moskva aeroportida Rossiya ta’lim vazirining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi
18:17 / 04.10.2024
Bosh vazir Abdulla Aripov shaxmat federatsiyasiga raislik qiladi
11:22 / 12.02.2023
“Endi faoliyatimizga jamoatchilik kengashi baho beradi” – vazir o‘rinbosari
12:09 / 11.08.2022