Bunday issiqda qanday suv ichish kerak?
Yoz oyi yurtimizda jazirama issiq bo‘lganligi sabab, inson organizmi har qachongidan-da ko‘proq suv ichishni talab qiladi. Chanqoqni qondirish uchun turli ichimliklar, sharbatlar mavjud. Biroq ularning barchasi ham salomatlik uchun foydali emasligini yoddan chiqarmaslik kerak.
Biz ichadigan suv jazirama ob-havoda chanqog‘imizni qondirsa, ming dardga davo bo‘lsa, asab tizimini tinchlantirib, xotirjamlik bag‘ishlasa, undan tashqari cog‘liq uchun foydali minerallarni organizmga yetkazib bersa – qanday yaxshi. Shunday suv bormikan?
Bunday suv bor! Tabiatda mo‘jizalar ko‘p, shulardan biri Richal-Su shifobaxsh bulog‘idir!
Bizga ma’lumki, Kavkaz tog‘laridan chiquvchi ma’danli buloqlar butun dunyoga mashhur. Lekin Kavkazdagi barcha suvlar ham bir xil xususiyatga ega emas. Ularning joylashgan chuqurligi, mineral tarkibining o‘ziga xosligi va yer qa’ridan olinish uslubi bo‘yicha bir-biridan farq qiladi.
Kavkazning 286 ta mashhur ma’danli suvlari orasida Richal-Su bulog‘i eng shifobaxsh suvlar o‘ntaligiga kiritilgan. Ushbu ma’danli suv 1862 yildan buyon Shimoliy Kavkaz tog‘larida, 1120 metr balandlikdan olinadi. Richal-Su ma’danli shifobaxsh bulog‘i XVIII asrdan boshlab o‘zining foydali xususiyatlari bilan Gruziya, Ozarboyjon va Dog‘iston xalqlari orasida juda mashhur bo‘lgan.
Richal-Su ma’danli shifobaxsh bulog‘i Rossiyadagi ma’danli suvlar ro‘yxatida inson organizmi uchun eng kerakli bo‘lgan mikroelementlar mavjudligi sababli birinchi o‘rinlarda turadi. Buning bir nechta sababi mavjud:
- Richal-Su tarkibida inson organizmi uchun eng kerakli bo‘lgan nafaqat mikro, balki makroelementlar (yod, ftor, kaliy va boshqalar) ham mavjud;
- Shuningdek, unda boshqa mineral suvlarda uchramaydigan murakkab tarkibdagi xlorid-gidrokarbonad-natriy ma’danlari bor;
- Buloq Janubiy Dog‘istonning 500 gektarli qo‘riqxonasida joylashgan bo‘lib, 250 km atrofda birorta ishlab chiqarish inshooti yuq. Bunday ekologik toza sharoit buloq suvining tarkibiga zararli kimyoviy moddalar aralashib qolishidan asrab, uning tabiiy musaffoligini saqlashga yordam beradi.
- Odatda, ma’danli suvlar yer ostidan burg‘ulash texnikasi yordamida tortib olinadi, natijada suv tarkibiga yod elementlar, qum va tuproq jinslari qo‘shiladi va suv o‘zining tabiiy xususiyatlarini yo‘qotadi. Richal-Su ma’danli shifobaxsh suvi esa tabiiy ravishda qo‘riqxonaning qoq markazidan otilib chiqadi va o‘zining noyob tabiiy xususiyatlarini saqlab qoladi.
Pyatigorsk Davlat ilmiy izlanish institutining qariyb o‘nlab yillardan beri olib borayotgan kuzatuvlariga ko‘ra, Richal-Su bulog‘ining mineral tarkibida zararli o‘zgarish kuzatilmagan.
Kavkaz xalqlari orasida Richal-Su bulog‘i haqida quyidagi ta’riflar mavjud:
“U zaiflarga quvvat, kuchlilarga esa xotirjamlik bag‘ishlaydi". Bu haqiqatni 1897 yil A.Grigorev va A.Shtakmanov kabi olimlar buloq suvini chuqur o‘rganib, uning o‘ziga xos, betakror xususiyatlari ilmiy tomondan tasdiqlaganlar.
Richal-Su ning kimyoviy tarkibi va inson organizmiga foydasi bilan tanishamiz:
Oshqozon kislota ajratmasini pasaytiradi
Xlor:
Buyrakning qon tozalash funksiyasini yaxshilaydi
Yod:
Qalqonsimon bez funksiyasini aktivlashtiradi, moddalarning organizmga singishi va tiklanishini ta’minlaydi, tana va miya quvvatini tiklaydi, asab tizimini tinchlantiradi, uykusizlikni ketkazadi
Oshqozonning ovqat hazm qilish funksiyasini yaxshilaydi
Yurak mushaklarining qisqarish kuchini orttiradi, immunitetni oshiradi, shamollashni oldini oladi, suyak va tishlarni mustahkamlaydi
Qondagi xolesterin miqdorini tushiradi, asab tizimini mustahkamlaydi, organizmidan zararli radionuklidlaring chiqib ketishiga imkon beradi.
To‘qimalar orasidagi suyuqliklar bosimini normallashtiradi, Kaliy - yurak va markaziy asab tizimini quvvatlantiradi, yurak urish ritmini me’yorga soladi, Natriy - organizmdagi suv balansini saqlaydi
Umumiy minerallashganlik — 4,0—5,0 g/l.
- Richal-Su ma’danli shifobaxsh bulog‘ining suvi quyidagi kasalliklarning oldini olish va davolash uchun qo‘llaniladi:
- Gastrit
- Kolit
- Pankreatit
- Oshqozon-ichak kasalliklari
- Podagra (suyak-bo‘g‘inlar kassaligi)
- Bo‘qoq
- Semirish
- Qandli diabetning yengil ko‘rinishi
- Virusli gepatitning asoratlarini davolash
- Yod yetishmasligi bilan bog‘liq kasalliklar.
- Ortiqcha asabiylashish
- Yurak urush ritmining buzilishi
Shuningdek, Richal-Su ma’danli shifobaxsh suvi inson organizmini zararli moddalardan tozalash va yoshartirish xususiyatiga ega. Undan kosmetologlar yuz terisini tozalash, taranglashtirish va yoshartirishda, soch va tirnoqlarni sog‘lomlashtirishda keng foydalanishadi.
Ushbu noyob shifobaxsh buloq suvidan ichib ko‘rgan iste’molchilar internet sahifalarida o‘z fikrlarini qoldirar ekanlar, uning ta’mi, shifobaxsh xususiyatlari, Hatto og‘ir ish kunidan so‘ng taranglashgan asablarni tinchlantirib, charchoqni olib, insonga xotirjamlik baxsh etuvchi xususiyatlarini ham e’tirof etishgan.
O‘zbek xalqi - mehmondo‘st xalq, azal-azaldan to‘y-hashamlarni to‘kin dasturxonsiz o‘tkazmaydi. Hatto eng kichik mehmondorchilik ham 3-4 xil ovkatsiz o‘tmaydi. Nozi-ne’matlarning keti uzilmaydi, ammo... Bunday to‘kin dasturxonlar oshqozonimizni qiynab qo‘yishi mumkin. Dasturxoningiz ko‘rki bo‘lgan Richal-Su ayni shunday damda sizga yordam beradi. To‘yib ovqatlangan mehmon bir stakan Richal-Suni ichsa, kifoya. U oshqozondagi og‘irlikni 15 daqiqaga qolmay ketkazadi va hazm bo‘lish jarayonini tezlashtiradi. Gap, choyxona kabi ulfatchiliklarni bunday suvsiz tasavvur kilish kiyin.
Yozda tabiiy buloq suvi bilan chanqoq bosing. Turli dori-darmon o‘rniga ma’danli buloq suvini ichib, shifo toping. Kavkaz tog‘larining betakror xayotbaxsh bulog‘ini yaqinlaringiz bilan baham ko‘ring. Ming dardga davo bo‘luvchi shifobaxsh buloq suvi endi O‘zbekistonda ham mavjud. Uni shahrimiz do‘konlari va MAKRO supermarketlar tarmog‘idan xarid qilishingiz mumkin.
Richal-Su tabiiy ma’danli bulog‘ining O‘zbekistondagi rasmiy dileri: “NUR GAMILON” kompaniyasi. Tel:(+99897) 709 14 44.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
12:10 / 20.11.2024
O‘zbekistonda foydalaniladigan suv resurslari 90 foizi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri kelyapti
08:48 / 08.11.2024
Suv tannarxi oshib ketayotgan hududlar ma’lum qilindi
21:48 / 28.10.2024