«Mersedes» S klass avtomobillarini zavoddan mustaqil chiqishga o‘rgatdi (video)
«Mersedese»dagilar yangilangan S klass avtomobillarini zavoddan o‘zi yurib chiqib ketishga o‘rgata olishdi. Kompaniya e'lon qilgan videoda yo‘lovchi o‘rindig‘iga top-menejyer mingan sedan Zindelfingendagi zavodni tark etayotgani tasvirlangan.
Rolikdan ko‘rinishicha, to‘rt eshikli sedan to‘liq mustaqil manyovr qiladi, tezlanish olib, turli to‘siqlarni sezib, o‘zi to‘xtaydi. Firma xabariga ko‘ra, avtomobil ana shunday rejimda yangi mashinani ko‘zdan kechirish hududidan boshlab, yig‘ish binosidan nariroqdagi yuklash maydonchasigacha jami bo‘lib 1,5 kilometr yo‘l bosgan.
Bu holatda avtomobil ichida Mercedes-Benz boshqaruvchi a'zosi Markus Shafer bo‘lgan.
Avtomobil mustaqil ravishda harakat qilishi uchun maxsus uskunalar bilan jihozlangan, biroq “Mersedes”dagilar buning tafsilotlarini oshkor qilishmayapti.
Yangilangan S klass avtomobillari 2017 yil aprelida debyut qilgan edi. Bu sinfdagi avtomobillarning bayroqdor modeli kosmetik o‘zgarishlarga duchor bo‘lgan, shuningdek, shosseda harakatlanish va turargohga joylashish uchun avtopilot bilan ta'minlangan. Bundan tashqari, uning jihozlanish ro‘yxati kengayib, motorlar xilma-xilligi ham oshdi.
Mavzuga oid
11:53 / 26.12.2024
Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi elchisini almashtirishga qaror qildi
10:30 / 24.12.2024
Germaniya Kiyevga keng qamrovli yangi qurollar paketini taqdim etadi
18:40 / 21.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerga ta’ziya yo‘lladi
08:03 / 21.12.2024