Jahon | 23:09 / 08.07.2017
17975
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an: Germaniya siyosiy qotillikka qo‘l urmoqda

Foto: RIA Novosti / Mixail Klimentev

Germaniya siyosiy jihatdan o‘ziga suiqasd qilmoqda. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an G20 sammiti yakunida jurnalistlar uchun o‘tkazgan brifingida shunday bayonot berdi.

"Bu yerda siyosiy erkinliklar haqida so‘z bo‘lishi mumkin emas. Men Germaniya siyosiy jihatdan o‘ziga suiqasd qilayapti, deganda ayni siyosiy suiqasdni nazarda tutayapman. Bu bumerang kabi irg‘itgan kishisiga qaytadi", — degan Erdo‘g‘an. U nemis hukumatining Hamburgda turk diasporasi vakillari bilan uchrashishi uchun Turkiya yetakchisiga ruxsat bermaganini shunday izohladi. 

Avvalroq, GFR tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel Erdo‘g‘anning G20 sammiti doirasida Germaniyada istiqomat qiluvchi turklar bilan uchrashuvi anjuman kun tartibiga mos kelmasligi haqida bayonot bergan edi. Rasmiy Anqaraning shu xususda yuborgan so‘rovi qanoatlantirilmagan edi. Gabrielning qayd etishicha, Germaniya boshqa davlatlarning ichki ishlariga xos bo‘lgan ziddiyatlarni olib kelishni maqsadga muvofiq emas, deb hisoblaydi. 

Keyinroq, GFR TIV rasmiy vakili Martin Shefer, Germaniya hukumati barcha xorijiy davlat arboblariga mamlakat hududida saylovoldi kampaniyasini o‘tkazishni taqiqlaganini bildirdi. 

Mavzuga oid