O‘zbekiston | 13:19 / 10.07.2017
6955
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga kelmoqda

Foto: uzdaily.uz

2017 yilning 11-12 iyul kunlari Turkmaniston Bosh vaziri o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Xabarga ko‘ra, mehmon O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

Turkmaniston delegatsiyasining tashrif dasturidan Hukumatda va Tashqi ishlar vazirligida uchrashuv hamda muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.

Mavzuga oid