Sport | 21:30 / 11.07.2017
5820
1 daqiqa o‘qiladi

Donnarumma «Milan»da qoldi

Janluiji Donnarumma «Milan»da qoladi. Klub rasmiy sayti 18 yoshli futbolchi bilan yangi 4 yillik shartnoma tuzgani haqida e'lon qildi.

Yangi shartnomaga ko‘ra, futbolchining badal puli etib 70 mln yevro belgilangan.

O‘tgan oyda futbolchi jamoa bilan shartnomani uzaytirmasligi haqida xabarlar tarqalgan, tomonlar aynan badal puli bo‘yicha kelisha olishmagandi. Futbolchining agenti Mino Rayola bu bandda narx 50 mln. yevro bo‘lishini istagan edi, klub esa 100 mln. yevro narx belgilamoqchi bo‘lgandi.

Shundan so‘ng, futbolchi «Real», «PSJ» yoki «Yuventus»ga o‘tib ketmoqchiligi haqida xabarlar tarqaldi. Jamoa muxlislari esa futbolchining futbolkasini yoqishdi, unga turli-tuman haqoratli so‘zlar yo‘llashdi.

Donnarummaning kelishuvga rozi bo‘lishiga akasi Antonio «Milan»ga qabul qilishi bo‘lgan.

Mavzuga oid