Jahon | 20:50 / 13.07.2017
10815
2 daqiqa o‘qiladi

Hamburgdagi tartibsizliklar vaqtida rossiyaliklar qo‘lga olingan

Foto: Reuters

Rossiyaning Hamburgdagi bosh konsulxonasi G20 sammiti vaqtidagi tartibsizliklardagi ishtiroki tufayli ikki nafar rossiyalik qo‘lga olingani haqida ogohlantirilgan. Bu haqda RFning Berlindagi elchixonasi press-attashesi Denis Mikerin ma'lumot bergan.

«Rossiyaning Hamburgdagi bosh konsulxonasi GFRda rossiyalik fuqarolar qo‘lga olingani haqida bildirishnoma olgan. 6-8 iyul kunlari Hamburgda o‘tgan «Katta yigirmatalik» sammiti davomida qo‘lga olingan ko‘p sonli xorijliklar orasida Rossiyaning 1986 va 1996 yillarda tug‘ilgan ikki fuqarosi ham bor», - deya yozgan u feysbukdagi sahifasida.

U konsulxona vakillari yaqin vaqt ichida qo‘lga olingan fuqarolar bilan uchrashishi hamda ularning oila a'zolari bilan aloqa o‘rnatishi haqida qayd etib o‘tgan.

«Jahannamga xush kelibsiz»: Hamburg G20 sammiti arafasida

Bu vaqtda Deutsche Welle radiosi Hamburgdagi namoyishlar vaqtida olti nafar rossiyalik qo‘lga olingani haqida xabar bergan.

Fotojamlanma: Sammit tugadi, namoyishlar esa davom etdi

Mavzuga oid