Sport | 00:02 / 13.07.2017
7691
1 daqiqa o‘qiladi
Novak Jokovich sog‘lig‘idagi muammo sababli Uimbldonni tark etdi
Professional tennischilar uyushmasi (ATR) jahon reytingida 4-o‘rinni egallayotgan serbiyalik tennischi Novak Jokovich sog‘lig‘ida yuzaga kelgan muammo sababli "Katta dubulg‘a" seriyasiga kiruvchi Uimbldon musobaqasidagi ishtirokini yakunlashga majbur bo‘ldi.
Jokovich chexiyalik Tomash Berdix bilan chorak final uchrashuvida yelkasidagi og‘riq sababli tibbiy taym-aut olgan va 2-setda uchrashuvni davom ettirishdan bosh tortgan.
Avvalroq jahon reytingining birinchi raqamli tennischisi Endi Marrey London kortlarida o‘tayotgan musobaqaning chorak finalida amerikalik Sem Kuerriga sensatsion ravishda mag‘lub bo‘lgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
16:24 / 20.11.2024
Mashhur tennischi Rafael Nadal professional faoliyatini yakunladi
12:28 / 05.08.2024
Olimpiadaning 9-kuni. Jokovichning ko‘z yoshlari va yuz metrga yugurishda fotofinish
20:50 / 04.08.2024
Parij-2024. Jokovich – ilk marta Olimpiada chempioni
13:45 / 26.01.2024