Jahon | 17:30 / 13.07.2017
32653
1 daqiqa o‘qiladi

So‘nggi talvasa. Terrorchilar Iroqdagi shaharni «Mustaqil davlat» deb e'lon qilishdi

Xalqaro terrorchilik tashkiloti IShIDning jangarilari ortga chekingan sari vahshiylashmoqda. Ular juda ko‘plab ommaviy qatllarni amalga oshirishmoqda.

Bugun, 13 iyul kuni terrorchilar Mo‘sul yaqinida o‘zlari haqida yana ma'lum qilishdi. Iroqning Tel-Arfa shahri terrorchilar tomonidan «Mustaqil davlat» deb e'lon qilingan.

Ya'ni, bu «davlat» IShID e'lon qilgan «xalifalik»ga ham bo‘ysunmaydi. O‘z-o‘zidan mahalliy hokimiyatga ham. Bu haqda Al Sumariya telekanali ma'lum qilgan.

Telekanalga asoslanib, RIA Novosti nashri xabar berishicha, bu yerda ommaviy qatl amalga oshirilgan va terrorchilar shaharni to‘liq o‘z nazoratlariga olishgan.

Tel-Arfa 2014 yildan buyon terrorchilar tasarrufida. Ayni vaqtda Iroq armiyasi bu shaharni ozod etish uchun harakat qilmoqda.

Mavzuga oid