O‘zbekiston | 19:20 / 19.07.2017
65942
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda banklar avtokredit berishni to‘xtatdi

Foto: Uz24

O‘zbekiston banklari GM Uzbekistan avtomobillari uchun avtokreditlar taqdim etishni to‘xtatdi. Bu haqda Uz24 nashri xabar berdi.

Nashr avtokredit berishni birinchilardan bo‘lib boshlagan banklarning bosh ofislari bilan bog‘langan, ular ushbu xabarni tasdiqlashgan.

Jumladan, «Asaka» bank operatori «Afsuski barcha kredit liniyalari qayta moliyalash stavkasining oshishi hisobiga yopildi», — deya ma'lumotni tasdiqladi.

«Avtokreditlarni taqdim etish rostdan ham vaqtincha to‘xtatildi», — degan «Aloqabank» xodimi.

«Biz faqat ikkilamchi bozordagi avtomobillar uchun kredit bermoqdamiz. Birlamchi bozor hozircha yopiq. Qancha muddatga yopiqligi ham noma'lum», — dedi «Kapitalbank» ishchisi.

«Trastbank» xodimi ham avtomobillar uchun kreditlar berilmayotgani, kreditlashtirish yopilgani tasdiqlagan, yana qachon ochilishi noma'lumligini aytgan.

Avtomobil sotib olish uchun kreditlar joriy yilning 1 iyunidan boshlab berilayotgan edi, har bir bankda kredit taqdim etish shartlari turlicha edi.

GM Uzbekistan UZ24 nashriga ma'lum qilishicha, kompaniya banklarning kredit siyosatiga hech qanday ta'sir o‘tkazmaydi.

Mavzuga oid