Qirg‘izistonda prezidentlikka nomzodlardan birinchisi MSKga imzolarni topshirdi
Bugun Temir Sariyev Qirg‘iziston prezidentligiga nomzodlar ichida birinchi bo‘lib MSKga saylovchilar imzosini to‘plab berdi. Saylov shtabining bergan ma'lumotlariga ko‘ra, Temir Sariyevni yoqlab imzolangan 60 ming 155 kishining dastxati komissiyaga topshirilgan. Bu haqda 24.kg xabar bermoqda.
Markaziy saylov komissiyasining 24.kg axborot agentligiga bildirishicha, «Akshumkar» partiyasidan prezidentlik lavozimiga nomzod T.Sariyev qirg‘izistonliklarning imzosi tushirilgan bir necha quti qog‘ozlarni topshirish uchun komissiyaga shaxsan o‘zi kelgan.
Endi MSK o‘n kun mobaynida qo‘yilgan imzolarning haqqoniyligini tekshirib chiqishi, Temir Sariyev esa saylovoldi poygasining ikkinchi bosqichi — davlat tilini bilishi borasida imtihondan o‘tishi kerak.
Tarafdorlarining qayd etishicha, nomzodning o‘zi g‘alaba qozonishiga mutlaq ishonadi.
Nomzodning matbuot kotibi Nazira Ahmedovaning 24.kg axborot agentligiga aytishicha, Temir Sariyev imzo yig‘ish bo‘yicha bajarilgan ishlar uchun jamoasi a'zolariga, shuningdek, tarafdorlariga qo‘llab-quvvatlaganlari uchun tashakkur bildirgan.
«Jamoamizni qo‘llab-quvvatlagan barchaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Odamlar saylov jarayoniga qiziqib, tadbirda faol ishtirok etishdi. Bu juda muhim. Aminmanki, biz halol va raqobatbardosh saylovlar o‘tkazamiz», — degan jurnalistlarga Temir Sariyev MSKni tark eta turib.
Eslatib o‘tamiz, qirg‘iz qonunchiligiga ko‘ra, ro‘yxatga olinish uchun mamlakatning barcha hududlaridan eng kamida 30 ming imzo to‘plash kerak.
Mavzuga oid
19:31 / 06.12.2024
Ruminiya Konstitutsiyaviy sudi prezidentlik saylovlarining birinchi turi natijalarini bekor qildi
17:23 / 26.11.2024
Gurjiston parlamenti prezidentlik saylovi sanasini belgiladi
12:46 / 08.11.2024
Ikki marta ayollarni yutgan Tramp: AQShning yangi-eski prezidenti haqida qiziqarli ma’lumotlar
09:22 / 06.11.2024