Jamiyat | 19:38 / 22.07.2017
18085
1 daqiqa o‘qiladi

Xorijdan Chimboy tumaniga qaytib kelgan 70 fuqaroda turli kasalliklar aniqlangan

2017 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, Chimboy tumanidan chet elga uzoq muddatga 1454 fuqaro chiqib ketgan bo‘lsa, shundan 1093 nafari erkak, 361 nafari xotin-qizlarni tashkil etadi. Bu haqda Chimboy tumani prokurorining o‘rinbosari B.Baymanova "Yerkin Qaraqalpaqstan" nashri orqali xabar berdi, deb yozmoqda Kruz.uz.

Bular asosan Qozog‘iston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasiga ketgan. Shundan 3 oygacha 373 fuqaro, 3 yilgacha 62 fuqaro hamda 3 yildan ortiq 103 fuqaro chet elga chiqqan.

Uzoq muddatga chiqib qaytib kelgan 426 fuqarodan 363 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, shundan 1 fuqaro tuberkulyoz kasalligi, 69 fuqaroda boshqa kasalliklar borligi aniqlanib, ularning salomatligini mustahkamlash choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid