Jahon | 19:45 / 23.07.2017
18071
2 daqiqa o‘qiladi

Arab davlatlari ligasining shoshilinch majlisi chaqirildi

Arab davlatlari ligasi Quddusdagi Ibodatxona tog‘idagi vaziyat tufayli shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda «Interfaks» xabar tarqatdi.

Xabar qilinishicha, bunday tashabbus Iordaniya tomonidan bildirilgan.

Yig‘ilishda ligaga a'zo davlatlarning tashqi ishlar vazirlari qatnashadi.

Bundan avvalroq BMT Xavfsizlik kengashi 24 iyul kuni Quddusdagi vaziyat bo‘yicha navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazishi ma'lum qilingandi.

Yopiq tartibdagi yig‘ilish kengashning Nyu-York vaqti bilan 10:00 da boshlanadigan ertalabki sessiyasidan so‘ng boshlanadi.

22 iyul, juma kuni Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘idagi Xalamish aholi punktida uch nafar yahudiy o‘ldirildi, bir nafari jarohat oldi.

O‘tgan hafta uch jangari Ibodatxona tog‘ida ikki politsiyachini o‘ldirib ketgani bu hududda xavfsizlik choralarining kuchaytirilishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, Ibodatxona tog‘iga chiqish uchun metall aniqlovchi romlardan o‘tish talab etiladi. Bundan tashqari, ellikka to‘lmagan musulmonlarga al-Aqsoda namoz o‘qish taqiqlandi.

Mavzuga oid