Fan-texnika | 23:35 / 01.08.2017
8725
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh ovoz berish tizimi xakerlik anjumani ishtirokchilari tomondan buzib kirildi

AQShda hanuzgacha Rossiyani AQShdagi saylov jarayoniga aralashuvi va buni 2016 yilgi AQSh prezidenti saylovi natijalariga ta'sir qilgani bo‘yicha ayblash kampaniyasi tin olmayapti. Shu bilan birga Rossiyani bunda aybdorligining hech qanday isbotlari keltirmayapti. Shu sababli savol tug‘iladi: nahotki AQSh maxsus xizmatlari bunday ishni rus xakerlari eplay oladilar, deb o‘ylasalar? 

Buni esa 1993 yildan an'anaviy ravishda Las-Vegasda o‘tkazib kelinuvchi DEFCON xakerlik anjumani ishtirokchilari rad etdilar. Ularga AQShda saylovchilarning ovozini hisoblash uchun qo‘llanadigan mashinani buzib kirish uchun yarim soatdan kamroq vaqt talab etildi.

Bundan tashqari, anjuman ishtirokchilari davlat tomondan o‘tkaziluvchi auksionlar va eBay’da sotib olingan Diebolds, Sequoia, WinVote kompaniyalari qurilmalarida mavjud zaifliklarni namoyish qilishgan.

Ular ochiq portlar hamda himoyalanmagan Wi-Fi ulanishdan foydalanib, tizimga virusni kiritishga muvaffaq bo‘lishgan. Ko‘plab qurilmalarda esa eskirgan dasturlar o‘rnatilgan bo‘lgan. OpenSSL kiptografik kutubxonasining versiyalari ham hujumlarga moyil bo‘lgani aniqlangan.

Misol uchun, anjuman ishtirokchisi Karsten Shurmann Windows XP operatsion tizimidagi zaif joydan foydalanib, WinVote qurilmasiga masofadan turib kira olgan. OpenSSL’dagi CVE-2011-4109’ga ham muammolarsiz kira olingan. Ko‘rinib turganidek, bunga afsonaviy rus xakerlari aralashishi ham kerak bo‘lmagan.

Mavzuga oid