Jahon | 12:50 / 01.08.2017
9820
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoy: Koreya yarim orolidagi vaziyatga AQSh va KXDR mas'ul
Xitoy Xalq Respublikasining BMTdagi doimiy vakili Lyu Tszeining ma'lum qilishicha, Koreya yarim orolidagi keskinlikka Xitoy emas, balki Vashington va Pxenyan mas'uldir. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.
«Xitoy qanday imkoniyatlarga ega ekanidan qat'iy nazar, u amaliy natijalarga erisha olmaydi, sababi ular ikkita prinsipial tomonga bog‘liq (AQSh va KXDR)», - dedi diplomat BMTda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy emas, balki AQSh va KXDR bu muammo bo‘yicha harakat «to‘g‘ri yo‘nalishda amalga oshirilishining boshlanishi» uchun asosiy mas'uliyatga egadir.